O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

  • Texnologiya
  • 21-03-2018, 14:30
  • 502
  • Ўзбекистонда блокчейн технологиясини ривожлантириш масаласи муҳокама қилинди
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev mamlakatga iqtisodiyotning turli sohalaridagi investitsion imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasining delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiyaga kompaniya prezidenti Den Petterson boshchilik qilmoqda.

    Muzokaraning asosiy mavzusi blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish masalasi bo‘ldi. Ushbu texnologiyalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotidagi yangi va istiqboli porloq yo‘nalish bo‘lib, taraflar mazkur texnologiyalar rivojlanishining oxirgi tendensiyalari yuzasidan fikrlashishdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu texnologiyani faol qo‘llab kelmoqda. 2018 yil 1 iyundan boshlab Blokcheyn va bo‘lingan reyestr texnologiyalari bo‘yicha kompetensiya markazi tashkil etiladi. Markazning asosiy vazifalari kadrlar, ya’ni ishlab chiquvchi mutaxassislar, loyiha menejerlari, davlat xizmati amaldorlari, o‘qituvchilarning malakasini oshirish hisoblanadi.

    Shuningdek, mehmonlar yaqinda tashkil etilgan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» informatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash innovatsion markazi faoliyati bilan ham tanishtirildi.

    Investitsiyalarni boshqarishga ixtisoslashgan «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasi 2004 yili Tennessi shtatining Memfis shahrida tashkil etilgan. Den Patterson «Merrill Lynch» xususiy mijozlar guruhida o‘n yildan ko‘proq ishlaganidan so‘ng «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasiga asos solgan.

    Яндекс.Метрика