“Facebook”da keng tarqalgan “BFF”ning aslida ham foydasi bormi?

  • Texnologiya
  • 24-03-2018, 14:02
  • 542
  • «Facebook»да кенг тарқалган «BFF»нинг аслида ҳам фойдаси борми?
    “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida “BFF” harflari yordami o‘z akkauntingiz xavfsizligini tekshirish mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi. Aslida ham buning foydasi bormi?

    Foydalanuvchilarning so‘zlariga qaraganda, agarda “BFF” harflarini yozsangiz va u izohda yashil rangga kirsa, demak, sizning akkauntingiz himoyalangan, ask holda — parolni almashtirish kerak.

    Shu kunlarda “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i atrofida mojarolar avj olgan. Trampning saylovoldi kampaniyasiga ishlagan “Cambridge Analytica” kompaniyasi “Facebook”dagi 50 milliondan ortiq foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan ularning ruxsatisiz foydalangani aytilmoqda.

    Aslini olganda “BFF” — bu “Facebook Text Delight” servisining abberviaturasi bo‘lib, siz uni yozish va “Enter”ni bosish orqali suhbatdoshingizga “besh tashlagan” bo‘lasiz. “BFF”ning kengaytmasi “Best friends forever” (butun umrga eng yaxshi do‘stlar) demakdir.

    Bu “Text Delight” ning yagona buyrug‘i emas, masalan, “best wishes” so‘zini yozish orqali qizil rang bilan birga effektni hosil qilish mumkin.

    Shunday ekan, “BFF” akkauntingiz xavfsizligiga hech qanday aloqasi yo‘q.

    Manba: Xabar.uz

    » » “Facebook”da keng tarqalgan “BFF”ning aslida ham foydasi bormi?
    Яндекс.Метрика