20:25 / 24.03.2018
5 406

Diqqat! “YouTube”da xavfli virus tarqaldi

Diqqat! “YouTube”da xavfli virus tarqaldi
Foto: “Hi-tech.mail.ru”
“Doktor Veb” kompaniyasi “Google” videoservisida xavfli virus tarqalganini ma’lum qildi. U zararlangan qurilmadagi fayllar va shaxsiy (ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va boshqa onlayn servislardagi) ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi. Virus ayni vaqtda ham tarqalishda davom etmoqda, deb yozadi “Xabar” nashri.

Zararli dastur “Trojan.PWS.Stealer.23012” nomini olgan. Yovuz niyatli kimsalar zararli dastur havolalarini “YouTube”dagi videoroliklar ostidagi izohlarga joylashtirmoqda. Kiberjinoyatchilar virusni turli foydali dasturlar sifatida taqdim etyapti.

Havolalar “Yandeks.Disk” serveriga eltadi. Foydalanuvchi saytdagi havolaga bosishi uchun rolik sahifalariga soxta ijobiy izohlarni qoldirishmoqda. Mazkur havola orqali o‘tishga uringaningizda virus kompyuteringizga o‘zidan-o‘zi ochilib ketuvchi RAR-arxivini yuklab oladi.

Virus kompyuterda “Chrome”, “Yandeks. Brauzer”, “Opera”, “Vivaldi”, “Kometa”, “Orbitum”, “Dragon”, “Amigo”, “Torch” brauzerlaridagi
  • “Cookies” fayllarni yig‘a boshlaydi;
  • Brauzerlarda saqlab qo‘yilgan login/parollar;
  • Ekranning suratini o‘g‘irlaydi.

Shuningdek, u “Windows”ning ishchi stolidan ham nusxa ko‘chiradi. Olingan barcha ma’lumotlar jinoyatchilarning serverlariga yuboriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Diqqat! “YouTube”da xavfli virus tarqaldi