20:39 / 30.03.2018
5 014

Smartfonlarni «o‘ldiruvchi» yangi virus tarqaldi

Smartfonlarni «o‘ldiruvchi» yangi virus tarqaldi
Foto: «Hi-tech.mail.ru»
«Trend Micro» kompaniyasi tadqiqotchilari uzluksiz mayning natijasida smartfonlarni ishdan chiqarishga qodir virus tarqalganini aniqladi. «Hidden Miner» nomini olgan virus yot do‘konlar orqali tarqalgan dasturning ichidan topilgan: ular muntazam fonda ishlaydigan «Monero»ni ishga tushiradi, deb xabar berdi «Xabar» nashri.

Zararli dastur foydalanuvchini aldab, uni dasturga ma’muriyat akkauntiga kirish uchun ruxsat berishga majburlaydi.

Bu sodir bo‘lishi bilan esa dastur o‘zining ikonasini menyudan yashiradi va shundan so‘ng «Monero» maynerini ishga tushiradi. Bundan tashqari virus smartfon foydalanuvchisi dasturning imkoniyatini o‘zgartirishga harakat qilganida uni bloklay oladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Hidden Miner» kodida hech qanday ulanishlar, kontroller yoki optimizatorlar yo‘q. Bu mayning jarayonini qurilmaning resurslari tugab bitmaguniga qadar to‘xtatib bo‘lmasligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, smartfon «Monero»ni «o‘lgunicha» qo‘shadi — ertami-kech qurilma qizib ketadi va buziladi.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, virusni yo‘q qilishning yagona usuli — devaysni xavfsiz rejimda o‘chirib yoqish va administrator akkauntini zararlangan dastur bilan o‘chirib tashlash kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfonlarni «o‘ldiruvchi» yangi virus tarqaldi