17:46 / 12.04.2018
4 751

Google Gmail saytiga yangi funksiyalarni qo‘shadi

Google Gmail saytiga yangi funksiyalarni qo‘shadi
Google Gmail saytining yangi versiyasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda kompaniya G Suite mijozlariga maktubida xabar qilgan, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Google yangi funksiyalar orasida maktubni, u oradan biroz vaqt o‘tib yana o‘qilmagan maktublar ro‘yxati boshida paydo bo‘lishi, shuningdek «Google Kalendar» bilan integratsiyasi uchun imkon yaratish borligini aytmoqda.

Bundan tashqari, Gmail veb-versiyasi internetga ulanmagan holda maktublar bilan ishlash va «aqlli» avtomatik javoblar funksiyasiga ega bo‘ladi.

Yaqin haftalar ichida Google foydalanuvchilarning bir qismi uchun Gmail yangi interfeysiga erta kirish imkonini taqdim etadi.

Google yangi dizayn qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini ochiqlamadi. O‘quvchilardan biri TechCrunch nashriga maketga o‘xshash chizmalarni yubordi, u buni go‘yoki Google xodimida ko‘rib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi dizayn Gmail va Inbox ilovasi gibridiga o‘xshash.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Gmail saytiga yangi funksiyalarni qo‘shadi