09:42 / 14.04.2018
4 533

«Telegram» bloklansa rossiyaliklar nima qiladi?

«Telegram» bloklansa rossiyaliklar nima qiladi?
«Roskomnadzor» hamda «Telegram» rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan sud ishlari fonida agarda «Telegram» butunlay taqiqlansa, rossiyaliklar qaysi messenjerdan foydalanishga o‘tishi mumkinligi tahlil qilib ko‘rildi.

Aniqlanishicha, foydalanuvchilarning aksariyati «Telegram» kabi boshqa messenjerlarni emas, balki uni blokirovkasini aylanib o‘tishni ma’qul ko‘rarkan.

O‘tkazilgan so‘rovnomada 21 ming foydalanuvchi ishtirok etdi. «Telegram»ga muqobil sifatida «WhatsApp», «TamTam», «Viber», «ICQ», «Facebook», «Skype», «VKontakte» va «Mail.Ru Agent» taqdim etilgan. Shuningdek, ikkita qo‘shimcha variant ham bo‘lgan — messejerlardan butunlay voz kechish yoki blokirovkani aylanib o‘tish usullaridan foydalanish.

Ovoz berganlarning deyarli yarmi «VPN ko‘chirib olaman va «Telegram» bilan xayrlashmayman» punktini tanlangan. Odamlar o‘zlari uchun sevimli bo‘lib qolgan messenjerdan foydalanish uchun tezlikdan voz kechishga yoki VPN-servislar uchun pul sarflashga ham tayyor.

Bundan tashqari so‘rovnomada «WhatsApp» katta farq bilan boshqa messenjerlardan oldinga o‘tib ketdi — foydalanuvchilarning deyarli uchdan bir qismi aynan ushbu messenjerni tanlangan. Undan keyingi o‘rinni «Viber» hamda messenjerlardan butunlay voz kechish bandi egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Telegram» bloklansa rossiyaliklar nima qiladi?