San-Fransisko universiteti olimlari borgan sari keng tarqalayotgan hodisa - elektron qurilmalarga bog‘liqlik odamlarni baxtsiz qilishini aniqlashdi. Ilmiy ish Sciencedaily nashrida chop etilgan.
Olimlar smartfonlarga bog‘lanib qolgan odamlar miyasida o‘rganib qolishga olib keluvchi nevrologik aloqalar vujudga kelishini aniqlashdi. Misol uchun, bunday holat haddan ko‘p og‘riqsizlantiruvchi dorilar qabul qilganlarda yuz beradi.
Olimlar gadjetlarga bog‘liqlik jamiyat aloqalariga salbiy ta’sir qilishini aniqlashdi. 135 talaba so‘roq qilingandan keyin smartfonlardan ko‘proq foydalanuvchilar boshqalarga nisbatan ko‘proq yolg‘izlikni sezishlari aniqlangan. Olimlarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda aksariyat ko‘p vaqtini o‘tkazadiganlarga noverbal muloqot: imo-ishoralar, mimika va suhbatdosh talaffuzlari yetishmaydi.
Ilmiy ish mualliflari smartfon va kompyuterdan kamroq foydalanishni tavsiya qilishmoqda. Misol uchun, do‘stlar bilan quyidagi o‘yinni o‘ynash taklif qilingan: kafe yoki restoranda uchrashuv vaqtida telefonlarni stol markaziga qo‘yish kerak. Smartfondan kim birinchi bo‘lib foydalansa, u qolganlarning ichimligi uchun haq to‘lab berishi kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi