O‘zbekistonda dekabr oyiga qadar internet tezligi 1,2 terabit soniyaga yetkaziladi

  • Texnologiya
  • 18-04-2018, 10:18
  • 958
  • Ўзбекистонда декабрь ойига қадар интернет тезлиги 1,2 терабит сонияга етказилади
    O‘zbekistonda yil oxiriga qadar tashqi internet kanali tezligi 1,2 Terabit soniyaga yetkaziladi. Bu haqida “Kabinet” maxsus loyihasi doirasida, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Azim Axmedxo‘jayev xabar qildi.

    “Biz O‘zbekiston internet-kanali tezligini bugungi 160 Gbit /soniyaldan kamida 1,2 Tbit/soniyaga yetkazmoqchimiz. Bu tezlik qariyib 10 baravar oshadi degani. Biz ushbu vazifani yil oxiriga qadar bajarishni rejalashtirganmiz, lekin bu undan oldin ham amalga oshishi mumkin, chunki ushbu ishni amalga oshirish uchun barcha kuchlar safarbar qilingan”, — dedi vazir.

    Axmedxo‘jayev aytishiga qaraganda, vazirlik tomonidan qisqa vaqt ichida telekommunikatsiyalar sohasidagi zamonaviy trend va texnologiyalarni yaxshi tushunadigan malakali xorijiy mutaxassislar jamoasi jalb qilingan.

    “Ayni damda O‘zbekistonda 20dan ortiq xorijiy mutaxassislar respublikaning internet imkoniyatlarini kengaytirish bilan shug‘ullanmoqda. Shu bilan bir vaqtda 15ga yaqin mutaxassilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning boshqa imkoniyatlarini, jumladan pochta xizmatini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu jamoalar bizga, dunyo tajribasini hisobga olgan holda, bizning ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan “tor nuqtalarimiz” va “og‘riqli joylarimiz”ni ko‘rsatmoqda”, — dedi Axmedxo‘jayev.

    Vazir aytishiga qaraganda, qilinayotgan harakatlar nafaqat kanalni kengaytirishga, balkim ushbu sohadagi barcha masalalarni, jumladan normativ-huquqiy sohadagi masalalarni ham majmuaviy hal qilishga qaratilgan.

    “Bu yaqin kelajakda o‘z natijasini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan ulkan ishdir. Biz respublikaning barcha nuqtalariga qadar msifatli internet aloqasini yetkazish maqsadida, faqat shu yil davomida 2 ming kilometrdan ortqi optik tolali kabel o‘rnatishni rejalashtiriganmiz. 2018 yilning birinchi choragida 300 kilometr kabel o‘rnatishga ulgurdik”, — dedi Axmedxo‘jayev.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan majlisda internet narxini pasaytirish, tezligini kamida to‘rt baravariga oshirib 2020 yilga qadar MDHning boshqa mamlakatlari darajasiga yetkazishni topshirgan edi.

    Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekiston internetga shimoliy kanal orqali, ya’ni Qozog‘iston va Rossiya hududlari orqali ulangan. 2018 yilning yanvart oyida Axborot texniologiyalari vazirligi internet tashqi kanalini yangi yo‘nalishlar orqali, xususan Turkmaniston-Eron va Qirg‘izston-Kitay orqali hamda “shimoliy kanal” imkoniyatini oshirish evaziga kengaytirishga qaror qilganini xabar qilgan edi.

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistoda internet tezligi MDHning boshqa mamlakatlariga nisbatan 10 baravar kam. Shuningdek mahalliy aloqa operatorlari taqdim etayotgan aloqa xizmatlari sifatiga ham, ayniqsa avtomobil va temir yo‘llari o‘tgan hududlarda, yetarlicha e’tibor berilmayapti.

    » » O‘zbekistonda dekabr oyiga qadar internet tezligi 1,2 terabit soniyaga yetkaziladi
    Яндекс.Метрика