iPhone SE 2 tez orada chiqariladi, ammo yoqimsiz tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

  • Texnologiya
  • 22-04-2018, 16:30
  • 1 029
  • iPhone SE 2 тез орада чиқарилади, аммо ёқимсиз тафсилотлари маълум бўлди
    Apple kompaniyasi shu yilning bahorida iPhone SE’ning ikkinchi avlodini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Daryo Hi-Tech Mail.Ru'ga tayanib. Ammo arzon qurilma dizaynida bir qator keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

    Smartfon umumiy dizayni jihatidan 2016 yilgi modelga o‘xshash bo‘ladi. Ammo u quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli portdan ayriladi, shuningdek, simsiz zaryad olish funksiyasiga ega bo‘ladi.

    iPhone 6s va iPhone SE kompaniya audioportlardan «judo qilmagan» so‘nggi ikkita iPhone edi, mish-mishlar rost bo‘lsa, tez orada ikkalasi ham yo‘q bo‘lib ketadi. iPhone SE 2 Apple lineykasidagi avvalgi model o‘rnini egallaydi, iPhone 6s esa kuzda yangi flagmanlar taqdim etilishi bilan birga chiqarilishdan to‘xtaydi.

    Shu bilan birga, arzon qurilmaning ikkinchi avlodida Touch ID datchigi avvalgi joyida qoladi, bu esa qurilmada iPhone X uslubidagi ekran bo‘lmasligini bildiradi. Metall orqa panel simsiz quvvat olish imkoniyatini ta’minlash uchun shisha bilan almashtirilishi mumkin.

    » » iPhone SE 2 tez orada chiqariladi, ammo yoqimsiz tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
    Яндекс.Метрика