Devor ortidagi narsani ham ko‘rsata oladigan jihoz yaratildi

  • Texnologiya
  • 22-04-2018, 17:35
  • 1 601
  • Девор ортидаги нарсани ҳам кўрсата оладиган жиҳоз яратилди
    AQSh qo‘shini tadqiqot laboratoriyasi(ARL)da ishlab chiqilgan jihoz kamera orqali kecha-yu kunduz nazorat qilib, devor orqasidagi ob’ektning nima ekanini aniq ko‘rsata oladi. Bu haqda «Sabah» nashri xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

    «ARL» mutaxassislari Benjamin Riggan, Natsanial Short va Shoven Hyuning bayonotida aytilishicha, bu texnologiya yorug‘lik va qorong‘ilikda ham ob’ektning qandayligi, agar u inson bo‘lsa, kimligini ham aniqlab berar ekan.

    Bu yangi texnologiya turdoshlari orasida eng zamonaviy va arzon ekan.

    Ushbu texnologiya faqat xavfsizlikni ta’minlash uchun emas, ayni paytda urush maydonlarida raqibning kimligini aniqlash, qora ro‘yxatda turgan kishilarni topish uchun ham qo‘llanadi.

    AQSh OAV yangi texnologiya ommalashsa, yashashdan ma’ni qolmaydi, chunki u orqali odamlarning yashash tarzi, hatto oilaviy sirlari ham fosh etilishi mumkin degan andishaga bormoqda.

    » » Devor ortidagi narsani ham ko‘rsata oladigan jihoz yaratildi
    Яндекс.Метрика