09:26 / 26.04.2018
9 812

“Putinning qiyomat mashinasi”

“Putinning qiyomat mashinasi”
Foto: “Hurriyet”
“Putinning qiyomat mashinasi” nomini olgan va qit’alararo yadroviy raketaga ega suvosti kemasi AQSHning sohilbo‘yi shaharlarida 100 metr balandlikdagi ulkan sunami paydo qilish quvvatiga egaligi aytilmoqda. Bu haqda “Hurriyet” nashriga tayanib Xabar nashri ma’lum qildi.

Rossiya ishlab chiqargan yangi suvosti kemasiga “Qiyomat mashinasi” nomi berildi. 100 megatonna jangovar quvvatga ega kema sohilbo‘yi shaharlariga xavf soluvchi 100 metrdan ziyod sun’iy sunami paydo qilishi mumkin.

“Business Insider” gazetasiga intervyu bergan fizik olim va yadroviy qurol mutaxassisi Reks Richardsonning aytishicha, 20 va50 megatonna kuchga ega yadroviy qurol 2011 yili Yaponiyada 16 ming kishining yostig‘ini quritgan sunamiga o‘xshash sun’iy to‘lqinlarni vujudga keltira oladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yili Moskva shahrida xalq bilan muloqot qilish asnosida “Status-6” suvosti kemasi ishlab chiqarilayotganini aytgan edi.

“Status-6” 10 ming kilometr masofagacha bora oladi, soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Putinning qiyomat mashinasi”