12:14 / 14.05.2018
4 165

Nike avtomatik tarzda kiyiluvchi krossovkalarni ishlab chiqaradi

Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi mashhur Nike kompaniyasi poyabzalning ichiga yoki tagiga o‘rnatiluvchi g‘aroyib konveyerni ixtiro qildi. Bu ixtiro sabab inson krossovkani mustaqil kiyishiga hojat qolmaydi, u o‘zi inson oyog‘iga kiyiladi. Bu haqda «360» telekanali xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Ikki yil ilgari kompaniya mashhur "Kelajakka qaytish" filmidagidek bog‘ichlari o‘zi boylanadigan sport botinkalarini ishlab chiqqan edi. Endi esa Nike bundan-da ilgarilab, nafaqat krossovkalar bog‘ichlarini, balki ularning kiyilishini ham avtomatlashtirish niyatida.
Nike avtomatik tarzda kiyiluvchi krossovkalarni ishlab chiqaradi
Kompaniya muhandislari poyabzal ichiga yoki tagiga motorli konveyer lentalarini joylashni taklif qilishdi. Inson oyog‘ining old tomonini krossovka ichiga kirgizishi bilan ulardagi sensorlar buni aniqlab, konveyerdagi motorni ishga tushiradi - u esa oyoqni ehtiyotkorlik bilan botinka ichiga tortib joylashtiradi.

Poyabzal tagligidagi motor qayta zaryadlanuvchi akkumulyatordan to‘yinadi. Energiya manbai inson harakati natijasida energiya ishlab chiqaruvchi generator bilan to‘ldiriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nike avtomatik tarzda kiyiluvchi krossovkalarni ishlab chiqaradi