14:53 / 23.05.2018
4 202

«Instagram»da «mute» tugmasi paydo bo‘ldi

«Instagram»da «mute» tugmasi paydo bo‘ldi
Foto: «Meduza»
«Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida «mute» tugmasi («e’tiborsiz qoldirish») paydo bo‘ldi. Ushbu tugma obuna bo‘lingan foydalanuvchilarning postlari va tarixini berkitib qo‘yish imkonini beradi, deb xabar qildi «Xabar.uz».

Yangi funksiyani ishga tushirish uchun foydalanuvchi suratining o‘ng yuqori burchagida turgan «…» belgisiga yoki uning profiliga bosish darkor. «Mute» rejimini o‘chirib qo‘yish ham xuddi kabi profil orqali amalga oshiriladi.

Berkitib qo‘yilgan akkauntga bu borada ogohlantirish bormaydi.

Agarda foydalanuvchi suratda yoki izohda qayd etilgan bo‘lsa, «Mute» rejimi tanlanganidanidan keyin ham unga xabar borib turadi, shuningdek, ushbu suratni ko‘rishi ham mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Instagram»da «mute» tugmasi paydo bo‘ldi