12:23 / 26.05.2018
4 097

Moskvada jamoat transportining yangi ko‘rinishi yo‘lga qo‘yiladi

Moskvada jamoat transportining yangi ko‘rinishi yo‘lga qo‘yiladi
Moskva metrosining «Sxodnenskaya» va «Rechnoy vokzal» bekatlarini bog‘lab turuvchi zamonaviy osma yo‘llar uch yil davomida jamoat taransportiga aylanishi rejalashtirilmoqda, deya aytib o‘tdi Natalya Sergunina 24-26 may kunlari o‘tkazilayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda (PMEF-2018).

Sergunina bunday havo yo‘li loyihasini Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirish taklif etilayotganini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi transport vositasining qurilishidagi investitsiyalarning taxminiy miqdori 4 mlrd. rublni tashkil etadi.

Transportning yangi qulay ko‘rinishi Ximkinsk suv ombori ajratib turgan ikki hududni birlashtirib,borish vaqtini 45 daqiqadan 7 daqiqagacha qisqartiradi. U kun davomida 19 ming nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. To‘lovlar karta orqali amalga oshiriladi.

Moskva iqtisodiy siyosati va rivojlanishi departamenti rahbari Vladimir Yefimovning aytishicha, bunday tashabbus shahar aholisida katta qiziqish o‘yg‘otadi. Shuningdek, transport bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Moskvada jamoat transportining yangi ko‘rinishi yo‘lga qo‘yiladi