11:25 / 05.06.2018
4 915

«Samsung Galaxy S9»: «kambag‘allar uchun» smartfon (foto)

«Samsung Galaxy S9»: «kambag‘allar uchun» smartfon (foto)
Foto: «Terabayt»
«Samsung Galaxy S9» flagman smartfonining Plus-versiyasi haddan ortiq qimmat sotilmoqda. Shu bois Xitoy manbalarida Janubiy Koreya korporatsiyasi taklif qilayotgan «Galaxy A9 Star» va «Galaxy A9 Star Lite» (ikkalasi ham aslida «Galaxy S9» modelini o‘zida ifoda etadi) smartfonlari faqat «kambag‘allar uchun» deyilmoqda, deb xabar beradi «Terabayt».

Ushbu flagmanlarning savdosi yaqinda boshlanadi, lekin aniq sanasi hozircha aytilmayapti, mish-mishlarga qaraganda, iyunning ikkinchi yarmidan boshlab sotila boshlanadi. Mazkur mobil qurilmalar qo‘sh kamera bilan jihozlangan, biroq «Galaxy S9»ning haqiqiy byudjet modeli aynan oddiy «A9 Star» versiyasi bo‘ladi.

Ushbu apparat 6,3-dyuymli Super AMOLED-ekrani bilan jihozlangan bo‘lib, uning formati 1080 piksell (FHD+)ga 2220, 8-yadroli, takt chastotasi 2,0 GGs bo‘lgan «Snapdragon 660» protsessoriga ega. «Adreno 512» grafikali, ikkita asosiy (24 Mp + 16 Mp) va 24 Mp old kamerasi bor. Shuningdek, akkumulyator sig‘imi 2700 mAch bo‘lib, «Fast Charge» tez quvvatlantirgichga ega.

«Galaxy S9 Star Lite» – ya’ni soddalashtirilgan versiyasining korpusi shishadan, orqa qapqoqda barmoq izlari skaneri joylashgan, operatsion tizimi «Android Oreo» va boshqa ko‘plab o‘ziga xosliklarga ega.

Apparatni Xitoyda 3699 yuanga xarid qilish mumkin. Albatta, bu arzon narx emas, lekin u original modeliga qaraganda ikki barobar arzon, shu bois taklif xaridorlarni qiziqtirib qo‘yishi shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Samsung Galaxy S9»: «kambag‘allar uchun» smartfon (foto)