21:24 / 12.06.2018
4 328

Amerikalik olimlar sahro havosidan suv olish yo‘lini ixtiro qildi

Amerikalik olimlar sahro havosidan suv olish yo‘lini ixtiro qildi
Foto: «bizuckisiyiz»
Berkli universiteti professori Omar Yagi quruq havodan suv olish qurilmasini sahroda sinab ko‘rdi. Yagi suvni yutishga qodir metalloorganik asosni yaratdi, deb xabar beradi «Xabar» nashri.

Bu mayda kristallar ko‘rinishidagi kukun bo‘lib, havo harorati pasayishi bilan suv molekulalari unda birlashadi. Shundan so‘ng harorat yana ko‘tariladi va suv atrof-muhitga tarqaladi.

O‘tgan yili Yagi ushbu jarayonni kichik ko‘lamda namoyish etgandi, biroq u o‘z jamoasi bilan endi ancha keng ko‘lamli tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

Olimlar eksperimental suv generatori samaradorligini oshirishga va uni kechasi harorat noldan tushib ketsa-da, ishlashini ta’minlashga muvaffaq bo‘lgan.

«Bir vaqtning o‘zida bir nechta startap ushbu g‘oyani amalga oshirish niyatida. Bu tannarxi dastlabki ixtiromiznikidan 150 barobar past bo‘lgan katalizatorning alyuminiyli versiyasi yordamida amalga oshirildi. Qurilma atrof-muhit haroratida quyosh nuri yordamida ishlaydi. Hech qanday qo‘shimcha energiyasiz sahroda ham suv to‘plash mumkin. Alyuminiyli metalloorganik asosning arzonligi suv ishlab chiqarish amaliyotini oshiradi», — deydi Omar Yagi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikalik olimlar sahro havosidan suv olish yo‘lini ixtiro qildi