QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Shahar yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l haqini hisobga olish va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Norma».
Hujjat umumfoydalanishdagi shahar yo‘lovchilar tashish transportida (taksidan tashqari), shu jumladan metropolitenda yo‘l haqini hisobga olish va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi o‘rinlarda – YTAT) joriy etishga yo‘naltirilgan.
To‘lovlarni offlayn va onlayn (ePOSni hisobga olgan holda) rejimlarda o‘tkazish maqsadida tizimni Yagona umumrespublika protsessing markazi protsessingi hamda «Uzcard» to‘lov tizimi bilan birlashtirish rejalashtirilmoqda. Loyihaning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda, protsessing uchun vositachilik haqini o‘tkazma summasining 0,1 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilash taklif etilmoqda.
Loyihani amalga oshirish jarayonida metropolitenda YTATni joriy qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda turniketlarni yangilash rejalashtirilmoqda.
O‘quvchi yoshlar, IIV, Mudofaa vazirligi xizmatchilari va pensionerlar uchun «ID Card» personallashtirilgan kartalarini joriy qilish rejalashtirilmoqda, keyinchalik ulardan imtiyozli transport kartasi sifatida foydalaniladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?