21:00 / 14.06.2018
3 732

«Apple» kompaniyasi «iPhone»larni politsiyachilardan himoya qilishga va’da berdi

«Apple» kompaniyasi «iPhone»larni politsiyachilardan himoya qilishga va’da berdi
Foto: «NV.ua»
«Apple» kompaniyasi tergov vaqtida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan biror bir shaxsning «iPhone»ga kirish imkonini beruvchi portni bloklashini ma’lum qildi. Bu dunyoning yetakchi texnologik giganti jinoyatlarni tergov qilishda qanchalik yordam ko‘rsatayotgani borasidagi bahs-munozaralarning avj olishiga sabab bo‘ladi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

«Apple»ning ma’lum qilishicha, «iPhone» qurilmasining pastki qismidagi «Lightning» porti foydalanuvchi o‘z telefonini bloklaganidan bir soat o‘tib o‘chadigan bo‘ladi. Bu kuz oyida taqdim etiladigan dasturiy ta’minotning bir qismi hisoblanadi.

Mazkur o‘zgartirish «iPhone» foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun ishlab chiqilgan. Qurilmadan muntazam foydalanib kelayotgan odamlar uchun bu sezilmaydi ham, biroq politsiya «Lightning» porti orqali ma’lumotlarni tortib olishda ancha qiynaladi.

Shunga qaramay «Apple»ning so‘zlariga ko‘ra, mazkur o‘zgarishlar orqali ular huquq-tartibot xodimlarining ishlariga xalaqit berish niyatida emas.

«Biz shunchaki «Apple» mahsulotlarining har biridagi himoya tizimini munazam mustahkamlab boramiz, bu orqali o‘z mijozlarimizga xakerlardan, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlovchilar va unga qiziquvchilardan qutilishga yordam beramiz. Biz huquq-tartibot organlarini juda hurmat qilamiz va xavfsizlik sohasini mustahkamlash orqali ularga o‘z vazifalarini bajarishda to‘sqinlik qilish niyatida emasmiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.

«Lightning» porti «iPhone» qurilmalarini quvvatlantirishda ishlatiladi. Qurilma blokda bo‘lsa ham quvvat olaveradi, biroq bir soat o‘tgach ma’lumotlarning uzatilishi bloklanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Apple» kompaniyasi «iPhone»larni politsiyachilardan himoya qilishga va’da berdi