15:39 / 20.06.2018
4 994

«Google» inson o‘limini 95 foiz aniqlikda aytib bera oladigan algoritm yaratdi

«Google» inson o‘limini 95 foiz aniqlikda aytib bera oladigan algoritm yaratdi
Foto: «ITC.ua»
«Google» dasturchilari inson salomatligini baholaydigan va uning o‘limi sanasini aytib bera oladigan algoritm yaratishdi, deb yozmoqda «Xabar» nashri.

«Medical Brain» nomli ushbu algoritm bemorlar salomatligini tahlil qilib, uning o‘limi muddatini ham prognoz qilib bera oladi.

«Google» muhandislari sun’iy intellektni qo‘llashgan holda Kaliforniya universiteti tibbiyot markazi va Chikago tibbiyot universitetida davolangan 216 000 dan ziyod katta yoshli bemorlarning ma’lumotlarini tahlil qilishdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt bemorlarning o‘limi vaqtini 95 foizga aniq taxmin qildi. Bu an’anaviy prognoz modelidan sezilarli darajada aniqdir.

Olimlar ushbu kashfiyot kelgusida tibbiyot muassasalari va sug‘urta kompaniyalari uchun foydali vosita bo‘lishiga umid bildirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Google» inson o‘limini 95 foiz aniqlikda aytib bera oladigan algoritm yaratdi