07:02 / 21.06.2018
4 180

Beeline O‘zbekiston bozorini tark etmoqchi emas

Beeline O‘zbekiston bozorini tark etmoqchi emas
Beeline O‘zbekiston bozorini tark etish niyatida emas. Bu haqda kompaniya moliyaviy direktori Sergey Cherepnin ma’lum qildi.

«Bozorni tark etish masalasi kompaniyamiz oldida hech qachon turmagan. Biz necha yillardan beri tarmoq yetakchilaridan hisoblanamiz va kelgusida mavqeyimizni yanada mustahkamlash niyatidamiz. Eng kami, davlat tomonidan berilgan litsenziya amalda bo‘ladigan 2031 yilgacha shunday bo‘lib qolishi aniq», — dedi Sergey Cherepnin.

Beeline mutasaddisiga ko‘ra, oxirgi yillarda asosiy tarmoq va qo‘shimcha tizimlarga investitsiyalar faqat oshib borgan. 2016—2017 yillarning o‘zida kapital xarajatlar chorak milliard dollarni tashkil etdi va bu kompaniya tushumining taxminan 20 foiziga teng. Bu esa Beeline o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yganini anglatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline O‘zbekiston bozorini tark etmoqchi emas