09:57 / 22.06.2018
4 954

Quyosh energiyasi bilan harakatlanuvchi poyga mashinasi sinovdan o‘tkazildi

Quyosh energiyasi bilan harakatlanuvchi poyga mashinasi sinovdan o‘tkazildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning imzosi qo‘yilgan, quyosh energiyasi bilan harakatlanuvchi poyga mashinasi Sochi formulasi yo‘lagida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda «Haber7»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Putin shu yil aprel oyida mashina haqida ma’lumot olib, uning kapotiga imzo chekkan edi. Ustiga 4 m2 quyosh batareyalari o‘rnatilgan mashina soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Mashina korpusi harbiy texnikalarda qo‘llanadigan metaldan tayyorlangan.

Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan mashina shu yil 14–22 iyul kunlari AQShning 4 ta shtatida o‘tkaziladigan quyosh energiyasidan quvvat olib harakatlanadigan mashinalar poygasida qatnashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Quyosh energiyasi bilan harakatlanuvchi poyga mashinasi sinovdan o‘tkazildi