13:57 / 22.06.2018
4 701

Qozog‘iston internet-biznes assotsiatsiyasi prezidenti: tez orada O‘zbekistonga qozog‘istonlik o‘yinchilar yopirilib kiradi

Qozog‘iston internet-biznes assotsiatsiyasi prezidenti: tez orada O‘zbekistonga qozog‘istonlik o‘yinchilar yopirilib kiradi
Foto: «Uzcard.uz»
Qozog‘iston internet-biznes va mobil tijorat assotsiatsiyasi (QIBA) prezidenti Konstantin Gorojankin tez orada O‘zbekistonga qozog‘istonlik o‘yinchilar yopirilib kirishini aytdi, deb yozadi Daryo.

«Bugun O‘zbekiston bozori 2011—2012 yillardagi Qozog‘iston bozorini eslatmoqda, o‘shanda bizda elektron tijorat shiddatli rivojlanishni endi boshlagan, joriy yetakchilar faol o‘sayotgan edi. Muammolardan biri shundaki, hozircha O‘zbekistonda internet-do‘konlardagi xaridlar uchun faqat mahalliy to‘lov tizimlari kartalari bilan to‘lash mumkin. Ammo bu to‘siq bartaraf etilishi bilan, O‘zbekiston bozoriga qozog‘istonlik o‘yinchilar yopirilib kiradi. Biznesni kengaytirish uchun bunday imkoniyatni qo‘ldan boy berish kerak emas», — dedi QIBA prezidenti.

«Markaziy Osiyodagi uchta eng yirik shahar — Toshkent, Olmaota va Ostonaning hissasiga mintaqada istiqomat qiladigan jami shahar aholisining 26 foizi to‘g‘ri keladi, aholisi soni 500 ming kishidan ortiq bo‘lgan shaharlar yana 20 foizni ta’minlaydi. Ya’ni, faqat shu resursni jalb qilish bilan, e-commerce bozori o‘yinchilari Markaziy Osiyo shahar bozorining deyarli yarmini egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi», — deya fikr bildirdi Gorojankin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qozog‘iston internet-biznes assotsiatsiyasi prezidenti: tez orada O‘zbekistonga qozog‘istonlik o‘yinchilar yopirilib kiradi