10:02 / 03.07.2018
5 237

Xitoyda lazer otuvchi avtomat ixtiro qilindi

Xitoyda lazer otuvchi avtomat ixtiro qilindi
Xitoyning ZKZM Laser kompaniyasi masofadan turib obyektlarni teshib o‘ta oluvchi lazer avtomat prototipini taqdim qildi. Mutaxassislarning aytishicha, quroldan namoyishlarni tarqatish, aksilterrorchilik amaliyotlari vaqtida foydalanish mumkin.

Model ZKZM-500 deb nomlangan va mashhur “Kalashnikov” avtomati kabi o‘lchamlarga ega. Qurilma 800 metrgacha lazer nurlarini chiqara oluvchi uzatkich bilan jihozlangan. Lazer oqimi tirik mavjudotlarga zarar yetkaza olmaydi, biroq fizik obyektlarni yo‘q qila oladi. Misol uchun, agar avtomatdan odamga qarab lazer otilsa, uning tanasiga shikast yetmaydi, biroq kiyimi yonib ketadi. Ammo ta’kidlash joizki, undan keyin badanda chandiqlar qoladi. Shu sababli avtomat qirg‘in keltiruvchi hisoblanmay, BMT tomonidan noinsoniy qurol deb tasniflana olmaydi.

Avtomat ixtirochilarining ta’kidlashicha, ZKZM-500 politsiya tomonidan turli maqsadlarda qo‘llanishi mumkin. Misol uchun, avtomobilga yo‘naltirilgan lazer mashinaning yonib, portlashiga olib kelishi mumkin. U, shuningdek, raqib texnikasini yo‘q qilish va diversiyalarda qo‘l kelishi mumkin, chunki u tomondan chiqariluvchi lazer inson ko‘zi tomonidan payqalmaydi.

Avtomatdan bir quvvatlanishida bir necha marta o‘q uzish mumkin. Avtomat taxminan 15 ming dollarga baholangan. Kelgusida u bilan politsiya va armiya qurollanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda lazer otuvchi avtomat ixtiro qilindi