15:01 / 08.07.2018
4 911

Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi

Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi
Nokia kompaniyasi Nokia smartfonlarini Android P. yangi versiyagacha yangilash rejasini ma’lum qildi. Bu haqda Nokia Mobile Care xizmati xabar qilgan. Xabarda yangilanish avgust oyida amalga oshirilishi ham aytilgan.

Demak, Android P’ning to‘laqonli relizini avgust oyida kutsak bo‘ladi. Shu vaqtgacha aniq sanasi aytilmagan edi, faqat yangi versiyadagi operatsion tizimi shu yilning uchinchi choragida chiqishi ma’lum qilingan edi.

HMD Global Android P barcha Nokia smartfonlariga joriy etilishini aytmoqda. Bu degani, hatto arzon qurilmalarda ham yangilanish bo‘ladi, avvallari arzon smartfonlar onda-sonda yangilanardi. Albatta, proshivka olish jarayoni barcha qurilmalar uchun bir vaqtda ro‘y bermaydi, lekin bosqichma-bosqich albatta amalga oshiriladi.

Darvoqe, Nokia qurilmalari egalari hozirda Android P beta-versiyasini testdan o‘tkazmoqda.

Manba: Terabayt

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi