12:14 / 14.07.2018
5 080

AQShda uchar avtomobil sinovdan o‘tkazildi (video)

AQShda uchar avtomobil sinovdan o‘tkazildi (video)
AQShda uchuvchi elektromobil prototipi – multikopter BlackFly (Qora pashsha) namoyish qilindi.

Avtomobilning oldi va orqasida qanotlari bo‘lib, ularda 4 tadan elektr motor o‘rnatilgan. Mashinaning uzunligi 4 metrni, balandligi 1,5 metrni, qanotlari qulochi 4,2 metrni tashkil qiladi.

Yangi avtomobil havoda 62 km/soat tezlik bilan hozircha bor-yo‘g‘i 40 km masofaga ucha oladi.

Kanadaning Opener startapi ushbu mashina ustida 10 yilga yaqin ish olib bormoqda. Firmada aytilishicha, mashina Kanada va AQShda sertifikatlangan. Ushbu loyihaga Google asoschilaridan biri Larri Peyj sarmoya qiritgan.

Mashina savdosi 2019 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, bir kishiga mo‘ljallangan avtomobilning narxi yo‘ltanlamasniki kabi bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQShda uchar avtomobil sinovdan o‘tkazildi (video)