23:43 / 14.07.2018
4 580

Antireyting: eng ko‘p buziluvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing

Antireyting: eng ko‘p buziluvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing
«Blancco» kompaniyasi joriy yilning birinchi choragida maxsus tadqiqot o‘tkazib, qaysi smartfonlar eng «muammoli» chiqayotganini aniqladi. Tekshiruvlar natijasi aks etgan doklad kuni kecha e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Terabayt».

Aytish kerakki, mutaxassislar ushbu tadqiqot doirasida ham «Android», ham «iOS» tizimidagi smartfonlarning necha foizida nuqsonlar yuzaga kelganligi o‘rganilgan. Ekspertlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, «Android» qurilmalarda muammolar asosan ularning kameralari, mikrofonlari va akkumulyatorlarida ko‘zga tashlanadi. «Tishlangan olmali» gadjetlar foydalanuvchilari esa ko‘proq ekran, Wi-Fi hamda Bluetooth modullaridagi nosozliklardan shikoyat qilishgan. Har ikki tizimdagi devayslarda ham uchraydigan muammo – samaradorlikning pastligidir.

«Yashil robotchali» qurilmalardagi ishkallar quyidagi jadvalda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar kesimida ko‘rsatilgan:

iOS tizimli qurilmalarning muammolari miqdori esa quyidagi jadvalda modellar kesimida ko‘rsatilgan:

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Apple korporatsiyasining eng «muammoli» plansheti «iPad Air 2» bo‘lib chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Antireyting: eng ko‘p buziluvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing