5 122
Daniyaliklar velosipedni qayta ixtiro qilishdi: zanjiri yo‘q, 13 ta tezlikka ega (video)
Foto: «Ceramicspeed.com»
«CeramicSpeed» kompaniyasi zanjirsiz «Driven» tezlik transmissiyasiga ega velosiped ishlab chiqishdi. Ishlab chiqaruvchi yangi transmissiya 99 foiz samaradorlikka egaligini ta’kidlayapti. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilingan.
Yangi transmissiya velosiped aylanma transmissiyasining bir turi bo‘lib, tezlikni o‘zgartirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Odatiy tortuvchi va itaruvchi «yulduz»lar o‘rnini panjarasimon disk egallagan, pedalga berilgan kuchni zanjirlar o‘rniga temir o‘q orqa g‘ildirakka yetkazadi. Buni avtomobil motori hosil qilgan aylanma harakatni kardan vali orqa ko‘prikka yetkazib berishiga o‘xshatish mumkin.
Kompaniya «Driven» transmissiyasi ming vattgacha quvvat berishini bildirdi. Taqqoslash uchun: poyga payti velosportchi hosil qiladigan o‘rtacha quvvat taxminan 250 vattni tashkil qiladi.
Hozir daniyaliklar sinov ishlariga zo‘r berishgan. Yomg‘irda, loyda, og‘ir sharoitlarda qanday ishlaydi — noma’lum. Bu transmissiyaga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash radial podshipniklarini tinimsiz tozalab yoki almashtirib turish zarurati tufayli murakkab va qimmat bo‘lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi