09:01 / 19.07.2018
4 424

«Samsung» o‘z reklamasida «Apple»ni masxaraladi (video)

«Samsung» o‘z reklamasida «Apple»ni masxaraladi (video)
O‘z reklamalarida bir-birlarining mahsulot va xizmatlari ustidan kulish – marketing bozorida uchrab turadigan amaliyot. Ammo bu borada gigant kompaniyalarning o‘zaro o‘chakishib ish tutishi e’tiborni tortmay qo‘ymaydi.

Janubiy Koreyaning texnogiganti o‘zining «Galaxy S9» flagmaniga bag‘ishlangan yangi reklama roligida «Apple»ni mayna qilgan. Unda ta’kidlanishicha, «Apple» superflagmani zamonaviy tarmoqlarda «Galaxy S9» kabi tezkor emas ekan. Bundan tashqari, quyidagi lavhada «Apple Store» do‘konlaridagi texnik ko‘mak xizmati – «Genius Bar» ustidan ham kulishgan: u mijozning savoliga hech aniq javob bera olmaydi:

Umuman olganda, bu videoda «iPhone X» modelida ma’lumotlar yuklanishining tezligi past ekanligi masxaralangan. «Samsung» avvalroq, «Galaxy S9» flagmani LTE tarmoqlarida «iPhone X»dan ko‘ra salkam ikki baravar tezroq ishlashini da’vo qilgandi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Samsung» o‘z reklamasida «Apple»ni masxaraladi (video)