«UzCard» terminallari xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish imkoniga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Yagona protsessing markazi.
Markaz mutaxassilari tomonidan ishlab chiqilgan yangi dastur barcha POS terminallarda «Tranzaksiyani bekor qilish» funksiyasini ishga tushiradi. Uning yordamida terminalda amalga oshirilgan xato tranzaksiyalarda hamda iste’molchi mahsulotni qaytarganida to‘lovlarni bekor qilish imkoni paydo bo‘ldi.
«Uzcard» kartalari uchun «Tranzaksiyani bekor qilish» operatsiyasidan xarid amalga oshirilgan vaqtdan boshlab kun oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.
«UnionPay» va «MasterCard» xalqaro plastik kartalar uchun esa, «Tranzaksiyani bekor qilish» operatsiyasi «Hisob-kitobni tekshirish» funksiyasi amalga oshirilguniga qadar, ya’ni soat 16:00gacha amalga oshirilishi mumkin.
To‘lovni bekor qilish uchun chek kerak bo‘ladi. Mablag‘lar kartaga shu zahotiyoq qaytariladi.
Yangi dasturni o‘rnatish uchun savdo nuqtasi vakillari o‘z banklariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. U yerda yangi dastur bir necha daqiqa ichida o‘rnatib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi