14:27 / 21.07.2018
3 929

Jahon banki O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Jahon banki O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston va Jahon banki 2019 yilda Digital CASA loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi "Sof" nashri.

Digital CASA – Jahon bankining Markaziy va Janubiy Osiyoning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlari uchun tezkor internet aloqasiga ulanish imkonini yaratishga qaratilgan loyihasidir.

Jahon bankining ushbu dasturi asosida Afg‘oniston va Qirg‘iziston uchun ishlab chiqilgan loyihalari 2018 yilning mart oyida bankning Direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan edi.

O‘zbekistonda ham ayni damda ushbu loyihani amalga oshirish uchun tayyorlarlik ko‘rilmoqda. Uni amalga oshirish 2019 yilda boshlanishi kerak. Kelajakda ushbu loyiha Qozog‘iston va Tojikistonni ham qamrab olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jahon banki O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishni rejalashtirmoqda