19:40 / 10.08.2018
6 175

Musulmon olimlar dunyoga sovg‘a qilgan ixtiro: "Qo‘lqop – tarjimon"

Мусулмон олимлар дунёга совға қилган ихтиро: "Қўлқоп – таржимон"
Vashington universiteti talabasi Navid Azodi kursdoshi Tomas Prayor bilan birgalikda yozma yoki og‘zaki nutqni imo-ishoralar tiliga tarjima qilib beradigan qo‘lqop ixtiro qildi. Yosh ixtirochilar ushbu qo‘lqopni imo-ishoralar tilida gaplashuvchi kishilar ham boshqa olam bilan bog‘lana olsin degan maqsadda yaratganini aytishdi. Ular mazkur ixtirosi uchun Massachuseti texnologiya universiteti mukofotiga sazovor bo‘ldilar.

«Dastlab bizni sof texnik muammo jalb qildi va biz uni bartaraf etish yo‘llarini qidirdik. Ayni shu vaqtda insonning muloqot qilish huquqi ham e’tiborimizni tortib qoldi va buni amalga oshirish mumkin, axir insonlar ko‘pchilik bilan muloqot qilishni istashadi-ku, degan qarorga keldik”, deydi ular.

Qo‘lqopga o‘rnatilgan sensor harakatlar va imo-ishoralarni to‘lqinlarda mutanosib holga keltiradi, keyin axborotni simsiz aloqa orqali harakatlar bilan so‘z birliklarini o‘zaro muvofiqlashtirib, yakuniy iboralar yasaydigan kompyuterga jo‘natadi. Keyin esa o‘sha ibora so‘zlovchi tomonidan jaranglaydi yoki yozuv nutqiga aylanib qoladi.

Imo-ishoralar tilidan tarjima qilishning boshqa texnik vositalari ham mavjud. Biroq ular foydalanish uchun unchalik qulay emas. Azodi va Prayor ushbu vositani imkon qadar soddalashtirishga va qulayroq qilishga harakat qildilar. Ularning qo‘lqopi ixcham, faqat kaftni yopadi hamda undan eshitish apparti va kontak linza sifatida foydalanish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Musulmon olimlar dunyoga sovg‘a qilgan ixtiro: "Qo‘lqop – tarjimon"