18:18 / 21.08.2018
5 151

«iPhone X»dan nimasi kam? Eng yaxshi smartfonlar (foto)

«iPhone X»dan nimasi kam? Eng yaxshi smartfonlar (foto)
Foto: «Bild.de»
Bugungacha ishlab chiqarilgan eng yaxshi smartfon qaysi? «iPhone X»?.. Albatta, nomdorlikda hozircha «ayfon»ga hech kim yeta olgani yo‘q, ammo «Bild» nashrining yozishicha, shunday smartfonlar ham borki, ular ayrim texnik xususiyatlari bilan nomdor raqibni ham bir chetga surib qo‘yishi mumkin.

Katta xotira

«Samsung Galaxy Note 9» (narxi €999 dan boshlanadi) 512 GB o‘rnatilgan xotira bilan chiqarilyapti (!), tasavvur qilyapsizmi, bunaqa xotira ko‘p kompyuterlarda yo‘q. Bu xotirani microSD karta yordamida 1 TB gacha oshirish mumkin (!). Komplektidagi stilus esa smartfonni ishlatishni ancha osonlashtiradi.

Yaxshi kamera

Sun’iy intellekt sabab yangi «Huawei P20 Pro» (narxi €699 dan boshlanadi) aynan nimani suratga olishni avtomat ravishda aniqlab, kamera sozlamalarini ham avtomat tarzda moslashtirib beradi. Kamerasi oq-qora sensor va uch karrali optik zum bilan ta’minlangan.

Sifatli ovoz

«LG G7 ThinQ»da (narxi €520 dan boshlanadi) rezonansli kamera past chastotali dinamik vazifasini bajaradi — kuchli ovozni hosil qilishga qo‘shimcha dinamik kerak emas. Hatto oddiy naushnik orqali ham 7.1 kanalli ijro ta’minlanib, «DTS:X 3D Surround Sound» effektiga erishish mumkin.

Kuchli batareya va chiroyli dizayn

Kuchli batareya o‘rnatilgan, o‘ziga xos dizaynga ega «Huawei Mate RS Porsche Design» (narxi €1695 dan boshlanadi) «Apple iPhone X»dan ham qimmat, tinmay foydalanilsa ham quvvati ikki kunga yetadi. Bu qurilmaga barmoq izlari skanerining eng yaxshisi o‘rnatilgan — u displeyning qoq o‘rtasida joylashgan.

Qulayliklar

«Motorola Moto Z3 Play» smartfoni (narxi €459 dan boshlanadi) «Moto Mod» aksessuarlarini o‘rnatish uchun magnit interfeysga ega, proyektor, geympad, 360° kamera, 8 karrali optik zumga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «iPhone X»dan nimasi kam? Eng yaxshi smartfonlar (foto)