“Oʻzavtosanoat” AJ Namangan viloyatining Norin tumanida mototsikl ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 719-sonli qarorida belgilab qoʻyilgan.
Mototsikl ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 500 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda. Loyiha qiymati qariyb 13 milliard soʻmni tashkil etadi; shundan 3 milliardi aksiyadorlik jamiyatining oʻz hisobidan boʻlsa, 10 milliardga yaqin mablagʻ “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ajratiladi.
Korxonani 2019 yilning 1 noyabriga qadar ishga tushirish moʻljallangan. U yiliga 10 mingta mototsikl ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.
Ushbu qarorga asosan 2018-2019 yillarda Norin tumanida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatda jami 100 ta loyiha keltirib oʻtilgan boʻlib, ularni roʻyobga chiqarish natijasida 2020 yilga qadar tumanda 3366 nafar odamni ish bilan taʼminlash koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?