06:30 / 21.09.2018
5 534

Xiaomi oʻzining eng arzon noutbukini ishlab chiqardi (foto)

Xiaomi oʻzining eng arzon noutbukini ishlab chiqardi (foto)
Xiaomi kompaniyasi oʻzining eng arzon — Xiaomi Notebook Youth Edition noutbukini taqdim etdi, deb xabar berdi Kun.uz.

Noutbuk narxi 670 dollarni tashkil etadi.

Model FullHD displeyi diagonali 15,6 dyuym boʻlib, Intel Core i5 protsessori bilan jihozlangan. Tezkor xotira hajmi 8 Gbga teng. Noutbukka shuningdek, GeForce MX110 videokartasi oʻrnatilgan.

Bundan tashqari, Xiaomi Notebook Youth Edition bir gigabitli Ethernet, HDMI porti, bitta USB 2.0 va ikkita USB 3.0 tirqishiga ega.

Xiaomi oʻtgan oyda oʻzining eng arzon flagman smartfoni Pocophoneʻni namoyish etgandi, uning narxi 300 dollardan boshlanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi oʻzining eng arzon noutbukini ishlab chiqardi (foto)