02:45 / 22.09.2018
5 222

​“Odnoklassniki” UzCard kartalarini pul o’tkazmalari xizmatiga bog’ladi

​“Odnoklassniki” UzCard kartalarini pul o’tkazmalari xizmatiga bog’ladi
“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog’i O’zbekistonlik foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatni yaratmoqda: endi ijtimoiy tarmoqdagi profilingizdan to’g’ridan-to’g’ri UzCard plastik kartalari o’rtasida pul o’tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Xizmatning asosiy afzalliklari – pul mablag’larini qo’shimcha yoki umuman boshqa ilovalardan foydalanmagan holda o’tkazish, bozordagi eng kam komissiya haqi va pul operatsiyasi uchun bank tomonidan yechib olinadigan mablag’larning bir qismining qaytarilib berilishi.

Sentabr 21, 2018 yil Toshkent shahri – Yangi mahalliy to’lov xizmati yordamida O’zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqni tark etmasdan turib, mamlakat ichida pul mablag’larini qulay va tezkor ravishda jo’natishlari mumkin.

Yangi xizmat tufayli OKning O’zbekistondagi ikki milliondan ortiq faol foydalanuvchilari (oylik auditoriya, 2018) o’z yaqinlariga va qadrdonlariga pul o’tkazish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Pul o’tkazish xizmati viloyatdan qat’iy nazar va ijtimoiy tarmoqning taqdim etilgan barcha versiyalarida (mobil, desktop, Android va iOS uchun ilovalar) mavjuddir. Xizmatda pul o’tkazmalari tarixini ko’zdan kechirish imkoniyati mavjud bo’lib, kartalar raqamlarini saqlab qo’yish (har safar yangidan kiritmaslik uchun), hamda bajarilayotgan operatsiyalarning holati to’g’risida ma'lumotlar beriladi.

Boshqa pul o’tkazmalari xizmatlari oldidagi yana bir afzalligi – bu o’xshash xizmatlar orasida eng kam komissiya haqi – 0,5% dan 1% gacha (bank-emitentga bog’liq). Bundan tashqari OK foydalanuvchilari bank tomonidan pul o’tkazmasi uchun olingan haqlarning bir qismini qaytarib olish imkoniyatiga egadirlar. Masalan, 1% lik komissiya haqi uchun keshbek 0,1% ni tashkil etib, bonus “Keshbek-karta”siga o’tkaziladi. Yig’ilgan pul mablag’lari 5000 so’mdan oshgan vaqtda foydalanuvchi yig’ilgan pullarni “Keshbek-karta”sidan o’tkazishi mumkin.

Qanday qilib OK profilingiz orqali pul mablag’larni kartadan kartaga o’tkazishingiz mumkin
UzCard kartalari o’rtasida pul o’tkazish uchun To’lovlar va obunalar bobiga kirish lozim bo’ladi, UzCard Pul o’tkazmalari xizmatiga o’tib quyidagilarni kiritish zarur:
  • O’z kartangiz rekvizitlari – kartaning old tomonidagi 16 raqamli karta raqami, amal qilish muddati (oy va yil);
  • Oluvchining karta raqami;
  • Pul o’tkazmasi summasi.

O’tkazma amalga oshirilganidan so’ng jo’natuvchi OKdagi shaxsiy xabar orqali operatsiyaning muvaffaqiyatli o’tganligi to’g’risida bildirishnoma oladi. Agar pul o’tkazmasini oluvchi shaxs o’z bank kartasini ijtimoiy tarmoqdagi profiliga oldindan bog’lagan bo’lsa, unda tizim uning akkauntini avtomatik ravishda tanib oladi va unga ham kartaga pul mablag’larining tushganligi haqida bildirishnoma yuboradi.

ОК platformasida UzCard kartalari o’rtasidagi pul o’tkazmalari – O’zbekistondagi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog’idagi to’lov xizmatlarining rivojlanishiga qo’yilgan ilk qadamdir. Kelgusi davrda ОК tomonidan yana bir necha xizmatlarning ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda, bular o’z navbatida O’zbekistonliklarga qulay va tezkor holda pul mablag’larini o’tkazish va to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatini tug’diradi.

2016 yildan boshlab OК o’z foydalanuvchilari uchun ijtimoiy tarmoq ichida ketma-ket ravishda moliyaviy xizmatlarni rivojlantirib kelmoqda. 2017 yilda Qozog’istonda pul o’tkazmalari xizmati faoliyati yo’lga qo’yildi, hamda Rossiyadan boshqa davlatlarga pul o’tkazmalarini jo’natish ishga tushirilib, ilk marotaba chet el bozoriga chiqish amalga oshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ​“Odnoklassniki” UzCard kartalarini pul o’tkazmalari xizmatiga bog’ladi