14:07 / 17.02.2015
8 562

LG kompaniyasi Watch Urbane nomli “aqlli” soatlarini namoyish etdi

LG kompaniyasi Watch Urbane nomli “aqlli” soatlarini namoyish etdi

LG kompaniyasi ishlab chiqargan yangi soatlar LG Watch Urbane nomini oldi.

Gadjet Android Wear operasion tizimi ostida ishlaydi. Soat 1,3 dyuymli P-OLED-matrisali ekranga, ikkita tusdagi – tillarang va kumushrang metall korpusga ega. Soatda 22 millimetrli toza teridan ishlangan bog‘ich va yurak yurishini qayd qiluvchi sensor ham mavjud. Gadjetga Qualcomm Snapdragon 400 prosessori o‘rnatilgan.

Soatning qalinligi 10,9 millimetrni tashkil qiladi. Yangi soat oldingi modellardan qo‘shimcha sensor va jiddiy dizaynga egaligi bilan farqlanib turadi.

Hozircha hech kim LG’ning yangi soatlarini qo‘lga olib ko‘rishga muvaffaq bo‘lmagan, biroq kompaniya bu soatni ikki haftalardan keyin bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress ko‘rgazmasida namoyish qilishni mo‘ljallagan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG kompaniyasi Watch Urbane nomli “aqlli” soatlarini namoyish etdi