8 257
UzMobile’ning 2G/3G va 4G texnologiyalari joriy etilgan GSM tarmog‘i 2016-2017 yillarda butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytiriladi
2016−2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyalari joriy etilgan UzMobile GSM tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda kompaniya vakillari 19 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan UzMobile filialining rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
2014 yil 12 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Qaroriga muvofiq, 2015 yil mart oyidan UzMobile’ning GSM tarmog‘i Toshkent shahri va Toshkent viloyatida foydalanishga topshiriladi.
UzMobile abonentlari uchun qulay va arzon tarif rejalari, shuningdek, har ikki: CDMA-450 EV-DO hamda GSM 2G/3G hamda 4G LTE standartlari ustunliklaridan foydalangan holda sifatli xizmatlar taqdim etishda davom ettiriladi.
Qayd etilishicha, UzMobile’ning CDMA tarmog‘i hozirda O‘zbekiston bo‘ylab 500 mingga yaqin abonentga xizmat ko‘rsatib keladi. Bu jami abonentlarning 2,3 foizini tashkil etadi. Umuman esa, «O‘zbektelekom»ning UzMobile filiali uchun 8 million raqam ajratilgan.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda