23:05 / 20.02.2015
7 306

Smartfon o‘chirilgach ham josuslik qila oladigan Android virus aniqlandi

Smartfon o‘chirilgach ham josuslik qila oladigan Android virus aniqlandi

AVG antivirus kompaniyasi mutaxassislari Android operasion tizimida ishlaydigan smartfonlarda qurilma o‘chirilgach ham josuslik qila oladigan zararli dasturni aniqladi, deb xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».

Ma’lumotlarni tutish funksiyasi evaziga virus smartfonni o‘chirish jarayoniga joylashib oladi va o‘chirish tugamsi bosilgach ishga tushib, ekranga qurilma o‘chayotgani haqidagi yozuv va suratni chiqaradi. Shuningdek, dastur smartfonni tugmalar bosilishiga javob qaytarmaydigan va ovoz chiqarmaydigan qilib qo‘yadi, ya’ni go‘yoki qurilma o‘chganday tuyuladi.

Bir paytning o‘zida, o‘chirilgandek tuyulgan smartfon josus qurilmaga aylanadi. U kamera orqali suratlar tushirib, ovozni yoza oladi, egasiga bildirmay xabarlar jo‘natishi mumkin. Ekspertlarning ta’kidlashicha, virus qurboniga faqatgina Android Lollipop operasion tizimida root funksiyasini yoqqan mijozlari aylanishi mumkin. Virus hozirgacha 10 mingga yaqin qurilmaga hujum qilgan. Bu Android dasturlarining norasmiy do‘konlari keng tarqalgan Xitoyda ayniqsa ko‘p kuzatilgan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfon o‘chirilgach ham josuslik qila oladigan Android virus aniqlandi