Apple yangi pushti-oltinrang MacBook’ini taqdim qildi

  • 19 aprel 2016, 22:35
  • 4 437
  • Texnologiya
  • Apple yangi pushti-oltinrang MacBook’ini taqdim qildi

    Apple yangilangan MacBook noutbukini taqdim qildi. Dastlabki mahsulotlar pushti-oltinrang bo‘ladi. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

    MacBook 12-dyumli Retina displeyi bilan ta’minlangan va uning ishlash tezligi yaxshilangan.

    Yangi mahsulot 1,3 GGs chastotali Intel Core M oltinchi avlod prosessoriga ega. Unga o‘rnatilgan Intel HD Graphics 515 grafik prosessori grafik tezlikni 25 foizga yaxshilaydi. MacBook’ning operativ xotirasi 8 Gb ni tashkil etadi. Shuningdek, yangi MacBook yanada tezkorroq flesh-karta bilan ta’minlangan.

    Noutbukning og‘irligi - 907 gramm, qalinligi 13,1 mm. Qurilma 4ta rangda ishlab chiqariladi: oltinrang, kumushrang, "kulrang kosmos" va "pushti-oltinrang".

    256 Gb xotirali MacBook narxi 106 990 rubl, 512 Gb lisi 129 990 rubl. Qurilmani 19 apreldan boshlan Apple internet-do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

    Qayd etish joizki, 2015 yil davomida Apple 20,38 mln dona kompyuter sotdi. Ular savdosidan olingan daromad 25,27 mlrd dollar atrofidani tashkil etadi. 2016 yilda bozor qatnashchilarining hisob-kitobiga ko‘ra, Apple kompyuterlari savdosi 20 mln dona atrofida bo‘ladi. Bu holat elektronika bozoridagi umumiy qulash va iqtisodiy vaziyatning beqarorligi bilan izohlangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Apple yangi pushti-oltinrang MacBook’ini taqdim qildi