Janubiy Koreyada 2018 yili 5G mobil tarmog‘i ishga tushishi kutilmoqda

  • 20 aprel 2016, 11:57
  • 4 417
  • Texnologiya
  • Janubiy Koreyada 2018 yili 5G mobil tarmog‘i ishga tushishi kutilmoqda

    Janubiy Koreyaning KT aloqa operatori kelgusida 5G infratuzilmasi tarkibiy qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni mobil uzatish tarmog‘i yangi tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bermoqda.

    Ilk beshinchi avlod tijoriy tarmoqlari 2020 yilda ishga tushishi mo‘ljallangan. Ularning ma’lumot uzatish maksimal tezligi soniyasiga 20 Gigabit bo‘lishi belgilangan. KT mutaxassislari yangi tizimni NEC qurilmasi asosida sinovdan o‘tkazgani bildirilmoqda. Sinov davomida yuqori chastotalardan foydalanilgan, ma’lumotlar uzatish tezligi esa soniyasiga 3,2 Gbitni tashkil etgan.

    Aloqa operatori 5G tarmog‘ini 2018 yilda ishga tushirishni rejalashtirgan, biroq gap tajriba tariqasidagi tizim haqida ketayotganligi ehtimoldan xoli emas. 5G imkoniyatlari namoyishi Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida 2018 yil fevralida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlari chog‘ida o‘tkazilishi kutilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Janubiy Koreyada 2018 yili 5G mobil tarmog‘i ishga tushishi kutilmoqda