Internetda Mark Sukerbergning 11 yil avvalgi intervyularidan biri paydo bo‘ldi

  • 25 aprel 2016, 10:43
  • 4 334
  • Texnologiya
  • Internetda Mark Sukerbergning 11 yil avvalgi intervyularidan biri paydo bo‘ldi

    Devid Fincher tomonidan 2010 yilda suratga olingan “Ijtimoiy tarmoq” filmi Facebook’ning dastlabki kunlarini yoritib berishda katta iz qoldirdi va bizlarga kollej talabasi Mark Sukerbergning hayotiga nazar tashlashga imkon berdi, deb yozmoqda "KUN" nashri.

    Biroq mazkur film ham yosh startapchi Sukerbergning o‘sha vaqtlardagi hayotini to‘liq va oydin ko‘rsatib bera olmagan.

    Quyidagi video 2005 yilda Facebook’ning Palo-Altodagi idorasida suratga olingan bo‘lib, unda oddiygina, betartib xonada pivo idishlari to‘planib yotganini ko‘rish mumkin. Intervyuda tarmoqning bosh direktori hamkasblarga onlayn katalog haqida so‘zlab beradi.

    Hozirda eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylangan Facebook’ning qariyb 11 yillik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, shu o‘rinda bu video 1973 yilda dunyodagi eng yirik kompaniyaga asos solgan Bill Geytsning suratini yodga soldi. Bu vaqtda u ham yaqin kelajakda dunyoning eng badavlat kishilaridan biriga aylanishini tasavvur qilmagandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Internetda Mark Sukerbergning 11 yil avvalgi intervyularidan biri paydo bo‘ldi