Audi "Maybax"ning raqobatchisini ishlab chiqarmoqchi

  • 05 may 2016, 22:28
  • 4 138
  • Texnologiya
  • Audi "Maybax"ning raqobatchisini ishlab chiqarmoqchi

    Audi kompaniyasi rahbariyati keyingi avloddagi A8 sedanining o‘ta hashamatli uzaytirilgan versiyasini yaratish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu mashina Mercedes-Maybach S-Class va S-Class Pullman limuziniga raqobat tashkil qilishi mumkin. Bu haqda nemis markasining bosh muhandisi Shtefan Knirshga iqtibos keltirgan holda Auto Express xabar bermoqda, deyiladi "Kun" nashrida.

    "Audi"da yangi avloddagi A8 versiyasining miqdorini ancha kengaytirish rejalashtirilmoqda. Modelning "Maybax" va "Pulman"ga raqobatchi versiyalaridan tashqari, kupe kuzoviga ega versiyasi ham paydo bo‘lishi mumkin.

    Bundan tashqari, Knirsh keyingi A8 avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlanishini tasdiqladi. Avtopilot modelga odam ishtirokisiz avtoturargohda, tirbandlik sharoitida harakatlanishga hamda 60 km/soat tezlik bilan mustaqil yurishga imkon beradi.

    Keyingi Audi A8 2018 yilgacha paydo bo‘lishi kutilmoqda. Modelning motorlar qatoriga avvalgidek W12 dvigateli kiradi, uning ishchi hajmi 6,3 litrdan 6,0 litrga kamaytiriladi. Bunda uning quvvati 500 ot kuchidan 585 ot kuchigacha oshadi. Modelning "quvvatlangan" versiyasi 4 litrli 8 silindrli dvigatel bilan jihozlanishi davom ettiriladi, uning quvvati 520 ot kuchidan 580 ot kuchigacha oshiriladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Audi "Maybax"ning raqobatchisini ishlab chiqarmoqchi