Land Rover kompaniyasi Evoque krossoveridan nusxa ko‘chirgan Xitoyning Landwind kompaniyasi bilan sudlashadi

  • 07 iyun 2016, 07:22
  • 3 791
  • Texnologiya

  • Britaniyaning Jaguar Land Rover avtokonserni Range Rover Evoque krossoverining nusxasini ishlab chiqargan Xitoyning Landwind kompaniyasini sudga berdi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

    Ma’lum qilinishicha, Xitoy bozorida 2014 yilda paydo bo‘lgan Landwind X7 krossoveri Range Rover Evoque bilan deyarli bir xil ko‘rinishda ishlangan. Bundan tashqari, Taobao internet-do‘konida Xitoy mashinasiga o‘rnatish uchun Range Rover logotiplari to‘plami va radiator panjarasi paydo bo‘ldi va uning narxi britan originalidan 3 barobar arzonroq turadi.

    Land Rover vakilining aytishicha, Pekin Sharqiy sudi mualliflik huquqlarini buzish va nohalol raqobat qilish bo‘yicha Landwind markasiga e’tirozni qabul qildi. Tomonlar mojaroga izoh berishmagan.

    Land Rover’da ularning e’tirozlari qondirilishiga imkoniyat kam deb hisoblanmoqda, biroq kompaniya Landwind X7 avtomobilining Braziliyada sotilishiga sud taqiqlovi qo‘yilishiga erishdi.
    Land Rover kompaniyasi Evoque krossoveridan nusxa ko‘chirgan Xitoyning Landwind kompaniyasi bilan sudlashadi

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Land Rover kompaniyasi Evoque krossoveridan nusxa ko‘chirgan Xitoyning Landwind kompaniyasi bilan sudlashadi