O‘zbekistonda mart oyida nodavlat internet-telekanal o‘z faoliyatini boshlaydi

  • 26 fevral 2015, 19:10
  • 4 930
  • Texnologiya
  • O‘zbekistonda mart oyida nodavlat internet-telekanal o‘z faoliyatini boshlaydi

    O‘zbekistonda 2015 yilning mart oyidan nodavlat internet-telekanal texnik efirga chiqishni boshlaydi. Bu haqda, Anons.uz’ning xabar berishicha, O‘zbekiston Elektron OAVlari assosiasiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilingan.

    Bir kecha-kunduz davomida 20 soat efirga chiqadigan telekanalda internet foydalanuvchilari o‘zlariga ma’qul kelgan teledasturlarni tanlab, tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

    Xabar berishlaricha, telekanalda axborot-informasion, madaniy-ma’rifiy va musiqiy-ko‘ngilochar dasturlar, tok-shoular, reklama-tijorat ko‘rsatuvlari, seriallar va badiiy filmlar namoyish etiladi.

    Birinchi bosqichda telekanal Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Buxoro, Jizzax, Marg‘ilon, Qarshi, Samarqand, To‘rtko‘l va Nukusdagi hududiy telestansiyalarda efirga chiqadi, ikkinchi bosqichda esa Namangan, Navoiy, Termiz va Xorazm ham ular qatoriga qo‘shiladi.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda mart oyida nodavlat internet-telekanal o‘z faoliyatini boshlaydi