Tarmoqda haqiqiy Samsung Galaxy S6 smartfonining suratlari paydo bo‘ldi

  • 27 fevral 2015, 18:29
  • 9 691
  • Texnologiya
  • Tarmoqda haqiqiy Samsung Galaxy S6 smartfonining suratlari paydo bo‘ldi

    Tarmoqda Samsung kompaniyasining Mobile World Congress konferensiyasida taqdim etilishi kerak bo‘lgan yangi flagmanining suratlari paydo bo‘ldi.

    Taxminlarga ko‘ra, ikki smartfon ham bir xil texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Ular 5,1 dyuymli Quad HD-displey bilan jihozlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, ularga 64 bitli Samsung Exynos 7420 prosessori, 20 Mpli asosiy va 5 Mpli old kamera o‘rnatiladi. Smartfonlarning 32 GB, 64 GB va 128 GB doimiy xotiraga ega versiyalari mavjud bo‘lib, ularning barchasiga 3 GB tezkor xotira o‘rnatiladi.

    Samsung Galaxy S6 i S6 Edge sotuvga joriy yilning mart oyidan chiqishi taxmin qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Edge versiyasidagi smartfonlar dastlab cheklangan miqdorda sotuvga chiqadi.

    Manba: www.kun.uz

    » » Tarmoqda haqiqiy Samsung Galaxy S6 smartfonining suratlari paydo bo‘ldi