Woy-Wo' internet-to‘lovlar portali ishga tushirildi

  • 04 iyul 2016, 19:08
  • 6 023
  • Texnologiya
  • Woy-Wo' internet-to‘lovlar portali ishga tushirildi

    Yagona umumrespublika prosessing markazi (YaUPM) Woy-Wo' yagona internet-to‘lovlar portalini ishga tushirdi, deya xabar berdi «Gazeta.uz" sayti.

    Portalda bir qancha internet-do‘konlari, shuningdek, uyali aloqa, internet-provayderlar, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Etkazib beruvchilar ro‘yxati hozircha katta emas, ammo uni shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda.

    Ishlab chiquvchilarning qayd etishicha, portal elektron kommersiya ishtirokchilari — xaridorlar va sotuvchilarni bevosita bog‘lab, to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar hamda mahsulot va xizmatlarni sotish vaqtini qisqartirishga imkon tug‘diradi.

    Portal yoki Uzcard ilovasidan ro‘yxatdan o‘tganlar Woy-Wo' login va parolidan foydalanishlari mumkin.

    Portalning mobil ko‘rinishi va mobil ilovasi yaqin vaqtlar ichida ishga tushirilishi kutilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Woy-Wo' internet-to‘lovlar portali ishga tushirildi