13:19 / 03.03.2015
7 425

Google 2015 yilda Titan nomli dronlarni ishlab chiqaradi

Google 2015 yilda Titan nomli dronlarni ishlab chiqaradi

Google kompaniyasi 2015 yilda Titan nomli uchuvchisiz parvoz qurilmasini ishlab chiqaradi. Yaqin oylarda kompaniya bu qurilmalarning birinchi sinov parvozini amalga oshiradi, deb xabar berdi kompaniya prezidenti Sundar Pichai.

Pichaining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Titan loyihasi yana bir shunday loyiha bo‘lgan Project Loon’ning ikki yil avval turgan bosqichida turibdi. Hozirda olimlar jamoasi biror hudud ustida uni internet bilan ta’minlagan holda, mavjud internet tezligini oshirib yoki falokat oqibatida to‘satdan aloqadan uzilib qolgan hududlarga internetga chiqishni ta’minlay oladigan “osilib tura oladigan” parvoz qurilmasi ustida ish olib bormoqda.

Google bir hududda Loon va Titan birgalikda ishlashi mumkinligini aytmoqda.

Ma’lumot uchun, Google Titan Aerospace kompaniyasini 2014 yilda sotib olgan. Kompaniya quyosh batareyasida ishlovchi uchuvchisiz parvoz qurilmalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu qurilmalar qanotlarining umumiy uzunligi 50 metrni tashkil qiladi hamda ushbu dronlar 19,9 km balandlikkacha ko‘tarilib, havoda 3 oydan 5 yilgacha uchib yurishi mumkin.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google 2015 yilda Titan nomli dronlarni ishlab chiqaradi