22:42 / 05.03.2015
7 310

Instagram bir nechta fotosuratlardan iborat post nashr etish imkoni yaratdi

Instagram bir nechta fotosuratlardan iborat post nashr etish imkoni yaratdi

Instagram ilovasida bir nechta fotosuratlardan iborat post nashr etish imkoni yaratildi. Hozirda bu imkoniyatdan faqatgina servisda reklama joylashtiradigan kompaniyalar foydalana olishlari mumkin. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Bir nechta suratdan iborat reklama e’lonini ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish bilan shug‘ullanuvchi xayriya tashkilotining akkauntida (@pencilsofpromise ) ko‘rish mumkin.

Fotojamlanmaga to‘rttagacha surat qo‘shish mumkin. Ular “svayp” usulida o‘tkaziladi. Bundan tashqari, reklama beruvchilar “Learn more” tugmasi orqali o‘z saytlarining linkini qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

Sinov ijobiy natija bersa, kompaniya bunday imkoniyatni barcha foydalanuvchilar uchun yaratishini ma’lum qilgan.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram bir nechta fotosuratlardan iborat post nashr etish imkoni yaratdi