Sukerberg uyini o‘zining ovozini taniydigan sun’iy ong bilan ta’minladi

  • 06 sentyabr 2016, 00:35
  • 4 263
  • Texnologiya
  • Sukerberg uyini o‘zining ovozini taniydigan sun’iy ong bilan ta’minladi

    Facebook asoschisi Mark Sukerberg uyini ovozli buyruqlarga amal qiladigan sun’iy ong bilan ta’minlaganini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal'ga asoslanib "Daryo" xabar bermoqda.

    Iz ishlanmasi haqida Sukerberg Rimdagi konferensiyada hikoya qilib berdi. U ong ustida 2016 yil yanvarida ishlay boshlagan bo‘lib, asos sifatida «Temir odam» filmi qahramoni Toni Starkning uyini boshqaradigan Jarvis nomli sun’iy ongni olgan edi.

    «Sun’iy ong faqat mening ovozimni eshitadi, xonadondagi eshiklarni, chiroqlarni va isitish tizimini boshqaradi. Rafiqam norozi, negaki men sun’iy ongni faqat menga quloq soladigan qilib yaratdim. Tizimni butunlay ishlab bo‘lganimdan so‘ng rafiqamga ham tanish tizimini ochaman», — dedi Sukerberg.

    Shuningdek, Sukerberg kompaniya muhandislari bilan birgalikda yuz tanish tizimini o‘rnatganini, endilikda uyiga kalitsiz kirishi mumkinligini aytdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sukerberg uyini o‘zining ovozini taniydigan sun’iy ong bilan ta’minladi