20:16 / 07.09.2016
7 369

Jahon smartfonlar bozorida yangi Xitoy brendi paydo bo‘ladi

Jahon smartfonlar bozorida yangi Xitoy brendi paydo bo‘ladi

Tez orada o‘z smartfonlarini butun dunyo bo‘ylab sotayotgan Lenovo, Huawei, Xiaomi, Meizu kabi Xitoy brendlari qatoriga yana bitta brend kelib qo‘shiladi. Hozircha uning nomi sir tutilmoqda. Internetda paydo bo‘lgan tizerli suratda ham uning nomi yashirilgan. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Shunga qaramay, sirli savdo markasi chiqaradigan model nomi allaqachon ma’lum bo‘lgan — smartfonni Rio deb atashdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qurilma 5,5 dyuymli AMOLED displey, metall korpus, Home tugmasidagi barmoq izi skaneri, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Smartfon 129 dollar narxda sotiladi.

Rio smartfoniga dastlabki buyurtmalarni berish 10 sentyabrdan boshlanadi. Model to‘rt xil — kumushrang, kulrang, tillarang va pushti rangida chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jahon smartfonlar bozorida yangi Xitoy brendi paydo bo‘ladi